Avtomobillarni ekologik sertifikatlash tartibi bekor qilindi

Jamiyat

image

Endilikda O‘zbekistonga olib kirilayotgan yengil va yuk avtomobillari (M va N toifalari) uchun ekologik sertifikat talab etilmaydi. Bu haqda “Respublikada g‘ildirakli transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 597-sonli hukumat qarorida belgilandi. 

Qarorga ko‘ra, avtomobillarning ekologik talablarga muvofiqligi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan “G‘ildirakli transport vositalari xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglament asosida baholanadi.

  • M toifasi – yo‘lovchi tashish uchun mo‘ljallangan transport vositalari (yengil avtomobillar, avtobus va mikroavtobuslar).
  • N toifasi – yuk tashish uchun mo‘ljallangan transport vositalari (yuk mashinalari va shassilar).

Mazkur o‘zgarishga ko‘ra, mashinaning hujjatlari yoki laboratoriya sinovi orqali “Yevro-4“ talabidan past emasligi tasdiqlanishi kerak. “Yevro-4”dan past mashinaga ruxsat berilmaydi.

Ariza beruvchi ekologik toifaga muvofiqlikni tasdiqlash uchun quyidagi hujjatlardan birini taqdim etishi lozim:

  • ishlab chiqaruvchi mamlakatda “Yevro-4”dan past avtomobillar ishlab chiqarish taqiqlanganini ko‘rsatuvchi qonun hujjati;
  • ishlab chiqaruvchi yoki uning vakilidan transport vositasi “Yevro-4”dan past emasligi haqidagi rasmiy xat;
  • shunga oid boshqa texnik hujjatlar.

Shu bilan birga, elektr dvigateliga ega transport vositalari ekologik baholashdan ozod etiladi (gibridlar bundan mustasno).

Ya’ni, yangi tartibga ko‘ra, avtomobillar uchun ekologik sertifikat olish shart emas, ammo ular baribir “Yevro-4” talablaridan past bo‘lmasligi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq avtomobillardan atmosferaga chiqayotgan ifloslantiruvchi moddalarni qisqartirish bo‘yicha “Ekologik transport” tizimini joriy etish muddati 2026 yil 1 yanvarga qadar o‘zgartirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston avtomobil Evro-4

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing