Avtomobillar narxi bo‘yicha hali yakuniy qaror qabul qilinmadi – UzAuto Motors
Jamiyat
−
12 mart
9594UzAuto Motors kompaniyasi biroz avval e’lon qilgan bayonotiga qo‘shimcha izoh berdi. Qayd etilishicha, avtomobillar narxlari ayni paytda ma’lum qiymatga oshirilmagan.
“Kompaniya xabaridagi asosiy maqsad mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishni nazarda tutuvchi dilerlar bilan o‘zaro hamkorlikning yangi tizimiga o‘tganini e’lon qilish edi.
Hozirda kontraktatsiya jarayonlari olib borilmayotganini inobatga olgan holda, kompaniya saytida ko‘rsatilgan narxlar 2024 yilning 4-choragi uchun prognoz ko‘rsatkichlari asosida hisoblab chiqilgan. Narxlarni oshirish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Damas, Labo va Chevrolet Cobalt avtomobillarining narxi 3,5 – 6,7 foizgacha bo‘lgan oraliqda qimmatlashi aytilgandi.