Avtobus jarga qulashi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Meksikada avtobusning yo‘ldan chiqib ketib, jarlikka qulashi oqibatida 17 nafar shaxs vafot etdi. Bu haqda “Mehrnews” xabar berdi.

Nayarit shtatining xavfsizlik va fuqarolar muhofazasi kotibi Jorje Benito Rodrigesning aytishicha, jarlikning chuqurligi taxminan 50 metr bo‘lgani sababli qutqarish juda qiyin bo‘lgan.

Ushbu fojia oqibatida o‘n to‘rt nafar kattalar va uch bola halok bo‘lgan. Tijuana tomon 40 ga yaqin yo‘lovchini olib ketayotgan avtobusning yo‘ldan chiqib ketishiga nima sabab bo‘lgani aniqlanmagan. Yo‘lovchilarning 17 nafari vafot etgan, 12 nafari esa jarohatlangan.

Nayarit o‘t o‘chirish xizmati manbasiga ko‘ra, avtobusda olti nafar Hindiston fuqarosi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Peruning Xuankabamba provinsiyasida ichida 50 nafar yo‘lovchi va ikki haydovchisi bo‘lgan avtobus halokatga uchrashi oqibatida 15 kishi qurbon bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

avtobus Meksika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing