Avtobus ag‘darilishi natijasida 7 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 3 dekabr kuni Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyatida avtobus ag‘darilib ketdi. Natijada hozirgacha 7 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘iston IIV Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi vakili ma’lum qildi.

Avtobus soat 5:25 da “Qizilo‘rda-Kukmol” yo‘lida yerning muzlagani natijasida ag‘darilgan. Avtobusda 35 kishi bo‘lgan. Yetti kishi qurbon bo‘lgan, jumladan bir kishi shifoxonaga olib ketilayotganda jon bergan. 28 nafar odam jarohatlangan.

Qo‘mita vakilining so‘zlarigaa ko‘ra, halok bo‘lganlar va jabrlanganlarning fuqaroligi hamda shaxsi haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Qutqaruvchilar o‘z ishini yakunlaganidan keyin qo‘shimcha ma’lumotlarni aniqlashga kirishiladi.

Eslatib o‘tamiz, 1 dekabr kuni Rossiyaning Baykalorti o‘lkasida 44 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus ko‘prikdan daryoga qulagandi. Natijada 19 kishi halok bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qozog'iston

Baholaganlar

83

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing