Avstriyada kelasi hafta kansler almashadi

Olam

image

Kelasi hafta Avstriyada yangi kansler lavozimga kirishadi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Aleksandr Van der Bellen ma’lum qildi.

“Karl Nexammer o‘z lavozimini tark etgandan so‘ng Avstriya o‘tish davri uchun yangi kanslerga ega bo‘ladi. U kelasi haftadan o‘z vazifalarini bajarishga kirishadi”, dedi davlat rahbari.

Avstriya kansleri Karl Nexammer joriy yilning 4 yanvar kuni koalitsiya muzokaralarining muvaffaqiyatsizlikka uchrashi sababli o‘z lavozimini tark etishini e’lon qilgandi. Shuningdek, u Xalq partiyasi rahbarligidan ham ketishini bildirgan. 2024 yil sentyabr oxirida o‘tkazilgan Milliy kengash (parlamentning quyi palatasi) saylovlari natijalariga ko‘ra, o‘ng qanot Avstriya Ozodlik partiyasi qariyb 29 foiz ovoz to‘plagan. 

Bugun, 6 yanvar kuni Aleksandr Van der Bellen parlament saylovlarida g‘olib chiqqan Avstriya Ozodlik partiyasi rahbari Herbert Kikl bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirgan. Uchrashuvda Avstriya Xalq partiyasi va Sotsial-demokratik partiya o‘rtasida yangi hukumatni shakllantirish bo‘yicha muzokaralarning muvaffaqiyatsiz yakunlangani tufayli yuzaga kelgan “vaziyatning o‘zgarishi” muhokama qilinadi. Hozircha yangi kansler lavozimini kim egallashi oshkor qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniyada Bundestag navbatdan tashqari yig‘ilishda kansler Olaf Sholsga ishonishdan bosh tortib, shu bilan Germaniyada muddatidan oldin parlament saylovlariga yo‘l ochgandi. Shundan so‘ng mamlakat Prezidenti Frank-Volter Shtaynmayer kansler Olaf Sholsning iltimosiga binoan Bundestagni (parlament) tarqatib yuborish qarorini qabul qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Avstriya kantsler Karl Nexammer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing