Avstriyada kansler o‘rnini kim egallashi ma’lum bo‘ldi
Olam
−
08 yanvar 2025 2409 1 daqiqa
Avstriya Prezidenti Aleksander Van der Bellen idorasi respublikaning Tashqi ishlar vaziri Aleksander Shallenberg vaqtinchalik federal kansler lavozimiga tayinlanishini ma’lum qildi. Bu haqda Prezident idorasining Instagram’dagi sahifasida xabar berildi.
“Prezident Van der Bellen 2025 yil 10 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da Prezident idorasida vazir Aleksander Shallenbergga hukumatni vaqtinchalik boshqarishni topshiradi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Shallenberg federal kansler lavozimini Tashqi ishlar vaziri vazifasi bilan birga bajaradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Shallenberg yangi hukumat koalitsiyasi shakllantirilib, uning tarkibidagi vazirlar kabineti tuzilgunga qadar ushbu lavozimda qoladi.
Ma’lumot uchun, bu Shallenbergning ikkinchi marta kansler bo‘lishi. U 2021 yilda Sebastyan Kurs iste’foga chiqqanidan so‘ng hukumatni boshqargan edi.
Eslatib o‘tamiz, Avstriya kansleri Karl Nexammer joriy yilning 4 yanvar kuni koalitsiya muzokaralarining muvaffaqiyatsizlikka uchrashi sababli o‘z lavozimini tark etishini e’lon qilgandi. Shundan so‘ng Prezidenti Aleksandr Van der Bellen yaqin orada Avstriyada yangi kansler lavozimga kirishishini bildirgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025