Avstriyada qor ko‘chkisi oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
21 fevral 752 1 daqiqa
Kecha, 21 fevral kuni Avstriya Alplarida kuchli qor yog‘ishi qor ko‘chkilarini keltirib chiqardi. Oqibatda kamida besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “The Sun” xabar berdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, qurbonlar orasida germaniyalik 42 yoshli erkak ham bor. Qor ko‘chkisi uni 16 yoshli o‘g‘li bilan birga bosib qolgan. Tirik qolgan o‘smir Shveysariya va Italiya chegarasi yaqinidagi Nauders jamoasi hududida tog‘ yonbag‘ridan qutqarib olinib, shifoxonaga yetkazilgan.
Mashhur chang‘i kurorti Sankt-Anton-am-Arlberg yaqinida uch nafar chang‘ichi halok bo‘lgan. Qo‘shni Forarlberg federal yerida esa snoubordchi qor ko‘chkisi ostida qolib ketgan.
Mahalliy qutqaruvchilar aytishicha, Tirolning ayrim hududlarida qor ko‘chkisi xavfi hali ham yuqori bo‘lib qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Kaliforniya shtatidagi Serra-Nevada tog‘lari hududida yuz bergan qor ko‘chkisi oqibatida 9 nafar chang‘ichi bedarak yo‘qolgan edi.
Live
Barchasi