Rossiyada 11 alpinist qor ostida qolib, halok bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 6 sentyabr kuni Rossiyaning Qabarda-Balqariya avtonom respublikasidagi Bezengi darasida qor ko‘chkisi oqibatida 11 nafar alpinist halok bo‘ldi, yana olti kishining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligining (FVV) hududiy boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, guruhda jami 33 kishi bo‘lgan. Ulardan o‘n nafari mustaqil ravishda pastga tusha olgan, yana olti kishi jarohat olib, shifoxonalarga yetkazilgan. Qutqaruv-qidiruv operatsiyasida 56 kishi ishtirok etmoqda. Ishlarni murakkab relef va saqlanib qolayotgan qor ko‘chkisi xavfi qiyinlashtirmoqda. Ob-havo yaxshilangach, qidiruv ishlariga FVVning Mi-8 vertolyoti va tijorat vertolyotini jalb qilish rejalashtirilmoqda.

Qor 6 sentyabr kuni soat 17:00 atrofida Mijirgi tog‘i yonbag‘ridan ko‘chgan. Dastlab FVV 15 nafar alpinistdan iborat guruh, ikki nafar halok bo‘lgan, uch nafar jabrlangan va taqdiri noma’lum bo‘lgan yana o‘n kishi haqida xabar bergan. Keyinchalik idora guruhda 33 kishi bo‘lganiga aniqlik kiritgan.

Tergov qo‘mitasi beparvolik moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Hodisa yuz bergan hududda noqulay ob-havo haqida ogohlantirish amal qilayotgan bo‘lgan. FVV ma’lumotlariga ko‘ra, qidiruv ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyoning eng mashhur alpinistlaridan biri, dunyodagi eng baland 14 ta tog‘ni zabt etish bo‘yicha rekordi bilan ko‘pchilikka tanilgan Nirmal Purja qor ko‘chkisi oqibatida halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing