Avstriya O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

Jamiyat

image

Bugun, 14 mart kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Avstriyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Mattias Radostich bilan uchrashdi. Bu haqda vazir o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, suhbat chog‘ida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini kengaytirish va hamkorlikning yangi imkoniyatlarini izlash masalalari muhokama qilingan. Mintaqaviy va xalqaro xarakterdagi ayrim masalalar ham ko‘rib chiqilgan.

“Bizda ikki tomonlama va ko‘p tomonlama, ayniqsa, iqtisodiy sohadagi hamkorlikning keng kun tartibi mavjud. Janob elchiga mamlakatimizdagi faoliyati davomida foydalanilmagan imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarishda muvaffaqiyatlar tilayman”, degan Saidov. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Avstraliya ham O‘zbekistonga yangi elchi tayinlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

elchi Avstriya Tashqi ishlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing