Avstriya rossiyalik ikki diplomatni mamlakatdan quvdi
Olam
−
14 mart 2024
2682Avstriya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Venadagi elchixonasining ikki xodimini “persona non grata” deb e’lon qildi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.
“Har ikki rossiyalik diplomatik xodim maqomiga to‘g‘ri kelmaydigan harakatlar qilgan”, deyiladi Avstriya TIV bayonotida.
Ma’lum qilinishicha, ular 19 martdan kechiktirmay mamlakatni tark etishi kerak. Bu odatda odatda razvedka xizmatlari manfaatlariga qaratilgan faoliyatda qo‘llaniladigan usul. Shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi javob choralarini ko‘rishini e’lon qildi.
Ma’lumot uchun, 2022 yil aprel oyida Rossiya qo‘shinlari Bucha'da tinch aholini qirg‘in qilishda ayblanganidan so‘ng, Yevropa Ittifoqining muvofiqlashtirilgan javobi doirasida to‘rt nafar rossiyalik diplomat Avstriyadan chiqarib yuborilgan. 2023 yil fevralida ham Vena to‘rt nafar rossiyalik diplomatni chiqarib yuborgan.
LiveBarchasi