Avstraliyalik olimlar nanoolmoslardan sovituvchi matoni ishlab chiqdi
Bu qiziq
−
17 fevral
3512Avstraliyada joylashgan Melburn Qirollik Texnologiya institutining olimlari nanoolmoslar asosida sovituvchi mato ishlab chiqdi. Ushbu tadqiqot "Polymers for Advanced Technologies" (PAT) ilmiy jurnalida chop etildi.
Unga ko‘ra, mutaxassislar asos sifatida paxta matosidan foydalangan. So‘ngra unga yelim qoplangan va elektrostatika yordamida nanoolmos, poliuretan va erituvchining polimer eritmasi bilan ishlov berishgan.
Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, nanoolmoslarning issiqlik o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgani sababli, bunday mato foydalanuvchini 2-3 darajagacha sovita oladi. Shu sababli ham ushbu materialdan yozgi kiyimlar tikishda foydalanish mumkin.
Hozirda olimlar bu materialdan tayyorlangan kiyimlar issiq davrlarda energiya sarfini 20-30 foizga kamaytirishidan umid qilmoqda. Shuningdek, tabiiy olmoslardan farqli o‘laroq, nanoolmoslarni ishlab chiqarish arzon. Chunki ular uglerod chiqindilarini qayta ishlash orqali tayyorlanadi.
Ma’lumot uchun, nanoolmoslar odatda o‘lchamlari birdan 10 nanometrgacha bo‘lgan sun’iy uglerod kristallaridir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiyaning Xosey universiteti muhandislari sellofandan videoqo‘ng‘iroqlar uchun mo‘ljallangan robotni ishlab chiqqandi.
LiveBarchasi