Avstraliyalik astronomlar sirli kosmik jismlarni aniqlashdi

Texnologiya

image

Avstraliyaning ASKAP radioteleskoplar majmuasida ishlayotgan astronomlar kosmosda g‘alati dumaloq jismlarni payqashganini, ularning xarakteristikalari ma’lum bo‘lgan kosmik jismlarning hech biriga o‘xshash emasligini xabar qilishdi. Bu haqda “Publications of the Astronomical Society of Australia” jurnalida chop etilgan maqolada so‘z boradi.

Dastlab, mazkur kosmik jismlar o‘tgan yilning oxirida dunyodagi eng sezgir ASKAP radioteleskoplari yordamida topilgan edi. Astronomlar ularni “Orklar” (ORC — Odd Radio Circles) deb atashgan. Dastlab, olimlar teleskoplar ushbu doiralarni dasturdagi xatolik tufayli ko‘rsatgan, deb o‘ylashdi. Ammo keyinchalik bu sirli jismlarning mavjudligi boshqa texnikalar bilan ham tasdiqlandi.

Ilgari astronomlar bunga o‘xshash jismlarga duch kelishmaganini ta’kidlashgan. Bunday holda, ob’ektlar faqat radio to‘lqinlarida ko‘rinadi va rentgen, optik yoki infraqizil diapazonlarda aniqlanmaydi. Izlanishlar olib borilgandan so‘ng, olimlar yana mingga yaqin ana shunday “ork”larni topishdi.

Hozircha mutaxassislar aylanalarning kelib chiqish sabablari haqida faqat taxmin qilishmoqda. Ob’ektlar qoldiq jismlar emas, chunki ular aksariyat yulduzlardan uzoqda joylashgan va ular juda ko‘p.


Maqola muallifi

Teglar

Avstraliya astronomiya

Baholaganlar

275

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing