Avstraliyadan topilgan qurbaqa rekord o‘rnatishi mumkin

Olam

image

Avstraliyaning shimoli-sharqidagi bog‘dan og‘irligi 2,7 kilogrammga yaqin bo‘lgan qurbaqa topib olishdi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Avstraliyaning Atrof-muhit va fan departamenti ma’lum qilishicha, "Toadzilla" nomini olgan qurbaqa “Konvey” milliy bog‘ida park xodimlari tomonidan topilgan. Urg‘ochi qurbaqa kattaligi bo‘yicha hozirgacha aniqlangan qurbaqalar orasida eng yirigi bo‘lmoqda. Shu paytgacha eng katta qurbaqa og‘irligi 2,65 kilogramm bo‘lgan Shvetsiyadagi Prinsen nomli qurbaqa bo‘lib, 1991 yilda Ginnes rekordlari kitobiga kirgan.

Ma’lumot uchun, bu turdagi qurbaqalar ilk bor Janubiy Amerikadan Avstraliyaga 1935 yilda qamish qo‘ng‘izlariga qarshi biologik kurash sifatida olib kelingan. Shundan so‘ng ularning tanasida o‘zgarish bo‘lib, zararli mavjudotga aylangan. 

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Avstraliya Ginnes rekordlari qurbaqa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing