Avstraliyadagi laboratoriyadan xavfli viruslar yo‘qoldi
Olam
−
15:21
552Avstraliyadagi laboratoriyadan 300 dan ortiq virus namunalari yo‘qoldi. Bu haqda “Fox News” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Avstraliyaning Kvinslend shtatidagi laboratoriyadan o‘ta xavfli viruslarning 330 dan ortiq namunasi yo‘qolgan.
Kvinslend sog‘liqni saqlash boshqarmasi bioxavfsizlik protokollarining “jiddiy buzilishi” bo‘yicha tergov boshlaganini ma’lum qilgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yil avgust oyida ham Kvinslend davlat sog‘liqni saqlash virusologiya laboratoriyasida 323 shisha turli yuqumli virus — jumladan, Hendra virusi, Lyssavirus va Hantavirus namunalari yo‘qolgan.
Kvinslend Sog‘liqni saqlash vaziri Timoti Nikols tergov doirasida laboratoriyada yuz bergan holatni to‘liq o‘rganish va bunday voqealar takrorlanmasligi uchun zarur choralar ko‘rishini aytgan.
Shuningdek, u xodimlarni qayta o‘qitish, xavfli moddalarni saqlash bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazish kabi profilaktik choralarning joriy etilganini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, Hendra virusi faqat Avstraliyada uchraydigan zoonotik (hayvondan insonga yuqadigan) virusdir. Hantavirus esa insonda jiddiy kasallik va hatto o‘limga olib kelishi mumkin. Lyssavirus oilasiga kiruvchi viruslar esa quturishni keltirib chiqaradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polsha poytaxti Varshava oqova suvlarida mutatsiyaga uchragan poliomiyelit virusi aniqlangandi. Polshada ushbu kasallikning so‘nggi holati 1984 yilda qayd etilgan.
LiveBarchasi