Avstraliyada so‘nggi 40 yil ichidagi eng kuchli qor yog‘di
Olam
−
04 avgust 6491 1 daqiqa
Avstraliyada deyarli 40 yil ichidagi eng kuchli qor yog‘di. Mamlakat sharqidagi bir nechta shaharlar so‘nggi o‘n yilliklar ichida eng qalin qor qatlami ostida qolgan. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, joriy yilning 2 avgust kuni Yangi Janubiy Uels shtatining shimoliy hududlarida sovuq havo oqimi tufayli 40 santimetrgacha qor yoqqan. Avstraliya Ob-havo byurosi meteorologi Miryam Bredberining aytishicha, bu miqdor 1980 yillar o‘rtalaridan buyon eng kattasi hisoblanadi.

Boshqa hududlarda esa kuchli yomg‘ir yog‘gan. Dovul tufayli yo‘llarda 100 dan ortiq avtomobil tirbandlikda qolib ketgan, o‘n minglab xonadonlar elektr ta’minotidan uzilgan.

Kvinslend shtatida esa 10 yildan buyon ilk bor qor yog‘gan. Noyob hodisadan ko‘plab avstraliyaliklar hayratlanmoqda. Ba’zilar ijtimoiy tarmoqlarda hayajon bilan ilk bor hayotlarida qor ko‘rganini yozgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chilida joylashgan dunyodagi eng quruq Atakama cho‘lini qor qoplagani xabar qilingan edi. Bunday hodisa Atakama cho‘lida so‘nggi o‘n yil ichida birinchi marta kuzatilgan.