Avstraliyada samolyot qulashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Avstraliya shimoli-sharqida joylashgan Kvinslend shtatida yengil motorli samolyot quladi. Oqibatda 5 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda “Nine News” telekanali xabar bermoqda.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, samolyotning motorlarida nosozlik kelib chiqqan va u qulagan. Bortda bo‘lgan yo‘lovchilar, jumladan, uchuvchi ham voqea joyida halok bo‘lgan. Qutqaruvchilar samolyotning qoldiqlarini Keyp-York yarimorolidan topgan.

Boshqa variantlarga ko‘ra, noqulay ob-havo sharoiti ham falokatga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ayni damda Kvinslend shtatida kuchli shamol va yomg‘ir kuzatilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Avstraliya

Baholaganlar

22

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing