Avstraliyada koalalar yo‘q qilinmoqda
Olam
−
24 yanvar 13499 2 daqiqa
Janubiy Avstraliyada koalalarning ortiqcha ko‘payishi tabiatni muhofaza qiluvchilarni tashvishga solmoqda. Shu sababli joriy yilning yanvar oyida koalalarni yo‘q qilish uchun qator ishlar olib borilmoqda. Bu haqda “The Independent” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Maunt-Lofti tog‘larida mamlakatdagi koalalarning qariyb 10 foizi mavjud. Olimlar agar populyatsiya nazorat qilinmasa, keyingi 25 yil ichida ularning soni yana 17-25 foizga ortishi mumkinligidan xavotirda.
“Sharqiy Avstraliyaning katta qismida koalalar soni keskin kamaymoqda, ammo Maunt-Loftida ular tez sur’atda ko‘paymoqda. Bu yaxshi aslida xabar bo‘lishi kerak, lekin bu raqamlar tashvish uyg‘otadi”, deydi Sidney Texnologiya universiteti olimi Frederik Saltre.
Populyatsiyaning keskin oshishi ozuqa bazasiga, o‘simliklarga va ekotizimlarga zarar keltiradi. Saltrening aytishicha, bu holat ommaviy ochlik va hayvonlarning nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Buning oldini olish maqsadida bir qator usullar bilan hayvonlarning ko‘payishini oldi olinmoqda.
Avstraliyada vertolyotdan yuzlab koalalar otib tashlandi
2025 yil aprelida Viktoriya shtatining Budj Bim milliy bog‘ida o‘rmon yong‘inidan keyin bir oy davomida vertolyotlardan 750 dan ziyod koala otib tashlangan. Mas’ullarning izohiga ko‘ra, ko‘plab koalalar og‘ir jarohatlangan, suvsizlangan va ochlikdan o‘lim yoqasida bo‘lgani uchun bunday choraga majbur bo‘lishgan.
Translokatsiya jarayoni
O‘tgan 2025 yilda koalalar populyatsiyasi haddan tashqari ko‘paygan joylardan olib chiqilib, yo‘qolib ketgan yoki kamayib ketgan hududlarga joylashtirilgan. Janubiy Avstraliyaning “Kangaroo Island” orolidan Yangi Janubiy Uels shtatiga bir yil ichida 3 ming koala ko‘chirib o‘tkazilgan. Biroq ko‘chib o‘tgan hayvonlarning 30 foizi yil davomida nobud bo‘lgan. Populyatsiyani oshishiga qarshi mazkur yechim muvaffaqiyatsiz bo‘lgani uchun bu jarayon to‘xtatilgan.
Maxsus davolash ishlari
Hisoblarga ko‘ra, har yili koalalarning kattalashgan urg‘ochilarining 22 foizida maxsus davolash ishlari o‘tkazilsa, ular keskin sur’atda ko‘paymaydi. Bunday dastur umumiy hisobda 25 yilga 24 million dollar mablag‘ talab qiladi. Mazkur loyiha joriy yilning yanvar oyida tajriba sifatida sinab ko‘rilmoqda.
Sunnatova Farangiz
Live
Barchasi