Avstraliyada kaftdek do‘l yog‘di

Olam

image

Avstraliyaning shimoli-sharqidagi Kvinslend shtatida kuchli bo‘ron yuz berib, o‘n minglab aholi elektr ta’minotisiz qoldi. Hududda kuchli shamol, yirik do‘l va jala yog‘ish hodisalari kuzatilmoqda. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Meteorologiya byurosi (BoM) ma’lumotiga ko‘ra, Tamrukum, Kumbaba va Tamborin tog‘i atrofida diametri 6–8 sm bo‘lgan do‘l yoqqan. Ayrim joylarda esa do‘l toshlari 9 santimetrgacha yetgani qayd etilgan.

“Juda xavfli momaqaldiroqlar Brisbenning janubiy va sharqiy tomonlariga yaqinlashmoqda. Osmondan juda katta do‘l yog‘moqda. Kuchli shamol uy-joylar va daraxtlarga zarar yetkazishi mumkin”, deyiladi Meteorologiya byurosi ogohlantirishida.

Bo‘ron paytida Brisben aeroportida shamol tezligi 107 km/soatgacha chiqqan. Hudud bo‘ylab yarim milliondan ortiq chaqmoq chaqnash holati ham qayd etilgan.

Kuchli shamol va yog‘ingarchilik sabab 138 mingdan ziyod xonadon elektrsiz qolgan. Shuningdek, taxminan 300 ta elektr uzatish liniyasi shikastlangani aytilmoqda.

Aholi ijtimoiy tarmoqlarda ulkan 7–8 santimetrlik do‘l suratlarini joyladi. Ba’zilar bu hududda so‘nggi bir necha yilda bunday yirik do‘lni ilk marta ko‘rayotganini aytmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada suv ostidan 12 ming yillik qoyatosh tasvirlari topilgani haqida xabar berilgandi.

Komila Qobilova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

do'l Avstraliyada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing