Samarqandda kuchli do‘l yog‘di (video)

Bu qiziq

image

Kecha, 5 aprel kuni Samarqand viloyati Samarqand shahrida kuchli do‘l yog‘di. Bu haqda O‘zgidromet yetakchi mutaxassisi, iqlimshunos olim Erkin Abdulahadov ma’lum qildi.

Keltirilishicha, do‘l va yog‘in yog‘ish hodisalari shahar bo‘ylab turlicha bo‘lgan. Masalan, Samarqand shahridagi meteorologik kuzatuv stansiyasida atigi umumiy 0.3 mm yog‘in kuzatilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 aprelidan 7 apreligacha O‘zbekistonning aksariyat viloyatlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqini bo‘lishi haqida ma’lum qilingandi. Kunduzgi havo harorati – hafta davomida 15-18 darajadan 20-23 darajagacha iliq bo‘ladi. Shamol 15-20 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang-to‘zon kuzatilishi va do‘l yog‘ishi mumkin. 


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand do'l

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing