Jizzaxda qor yog‘di (video)
Bu qiziq
−
04 aprel 2023 20640 1 daqiqa
O‘zbekistonning Jizzax viloyatida qor yog‘di. Bu haqda kecha, 3 aprel kuni O‘zgidromet yetakchi mutaxassisi, iqlimshunos olim Erkin Abdulaxatov ma’lum qildi.
“Bugun Jizzax viloyati Zomin tumanidagi “Duoba” qishloq fuqarolar yig‘ini hududida, dengiz sathidan 2 kilometr balandlikda havo harorati nolga yaqinlashdi, yomg‘ir qorga aylandi”, deb yozadi mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, 5 apreldan 7 aprelgacha O‘zbekistonning aksariyat viloyatlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqini bo‘lishi haqida ma’lum qilingandi. Kunduzgi havo harorati – hafta davomida 15-18 darajadan 20-23 darajagacha iliq bo‘ladi. Shamol 15-20 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang-to‘zon kuzatilishi va do‘l yog‘ishi mumkin.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr