Namanganda kuchli do‘l yog‘di. Bulutlar snaryad bilan haydaldi (video)

Bu qiziq

image

Bugun, 23 iyul kuni Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumani hududida kuchli do‘l yog‘di. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tumanga qo‘shni Qirg‘iziston hududining shimoli-g‘arbiy qismidan konvektiv do‘lli bulut kirib kelgan.

Yangiqo‘rg‘on GJTK BMS tomonidan do‘l yog‘ishining oldini olish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini himoya qilish maqsadida 18 dona “Alazan-6” do‘lga qarshi vositasi qo‘llangan.

Jumladan, 1-sonli TKPdan 6 dona (Iskovot, Yangihayot, Hadikent hududlari), 3-sonli TKPdan 6 dona (Bog‘iston, O‘rtayalang‘och hududlari), 4-sonli TKPdan esa 6 dona (Bog‘iston, O‘rtayalang‘och, Hadikent hududlari) snaryad ishlatilgan.

Biroq ta’sir ishlari yakunlangandan so‘ng, soat 14:03 da Yangiqo‘rg‘on tumani Zarkent, O‘zak va Yangihayot qishloqlari hududida do‘l yog‘ishi qayd etilgan.

Do‘l hodisasi 41 daraja 22 daqiqa 25.5 soniya shimoliy kenglik, 71 daraja 40 daqiqa 56.7 soniya sharqiy uzunlik geografik koordinatalarida kuzatilgan.

Bildirilishicha, hozirda ta’sir samaradorligini baholash hamda ehtimoliy zararlarni aniqlash maqsadida hodisa kuzatilgan hududlarda dala o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 23 iyul kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida, jumladan, Toshkent shahrida kuchli shamol va ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing