Avstraliya va Yangi Zelandiya o‘zaro turizmni qayta yo‘lga qo‘ymoqchi
Olam
−
05 may 2020
5231Avstraliya va Yangi Zelandiya ikkala mamlakat o‘rtasida sayohat qilish uchun ruxsat berishga kelishib oldilar. Bu kelishuv oxirida Tinch okeanidagi boshqa orol davlatlariga ham tatbiq etilishi mumkin. Bu haqda “Reuters“ nashri xabar bermoqda..
Bunday tartib xavfsizlik, sog‘liq, transport va boshqa protokollar ishlab chiqilgandan so‘ng amalga oshiriladi. Lekin ushbu harakatlarning qachon boshlanishi haqida ma’lum berilmagan.
Avstraliya Bosh vaziri Skott Morrison, Kanberrada o‘tgan kuni bo‘lib o‘tgan alohida brifingda, ikki mamlakat o‘rtasidagi sayohatlarni tashkil qilishga hali erta ekanini aytdi.
Avvalroq, ushbu ikki davlatda koronavirus chekinishi munosabati bilan plyajlar ochilishiga ruxsat berilgani haqida xabar bergan edik.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Avstraliyada koronavirus bilan bog‘liq 6 847 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 5 886 nafari sog‘aygan, 96 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 865 kishini tashkil qilmoqda.
Shuningdek, Yangi Zelandiyada 1 486 ta koronavirus bilan bog‘liq holat aniqlangan. Kasallanganlarning 1 302 nafari sog‘aygan, 20 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 164 kishini tashkil qilmoqda.
LiveBarchasi