Yer yuzidagi ilk sun’iy aqlga ega harbiy dron Avstraliya armiyasida paydo bo‘ldi

Olam

image

Boeing  aviakompaniyasining Avstraliyadagi bo‘linmasi mamlakatning havo kuchlariga mo‘ljallangan birinchi sun’iy razvedka uchuvchisiz jangovar dronining prototipini taqdim etdi. Bu haqda bugun, 5 may kuni kompaniya saytida xabar berildi.

Loyal Wingman deb nomlangan yangi modelning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u yarim avtonom rejimda ishlaydi va yong‘inli qshllab-quvvatlovchi samolyot sifatida ishlatiladi. Taxminlarga ko‘ra, Loyal Wingman boshqa qiruvchi samolyot uchuvchisining buyruqlarini mustaqil ravishda bajaradi.

“Aviatsiya platformalarining imkoniyatlarini kengaytirish uchun sun’iy aqldan foydalanadigan samolyot Avstraliyada 50 yildan oshiq vaqt ichida ishlab chiqilgan birinchi samolyot bo‘ldi”, deyiladi Boeing xabarida.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, jami uchta prototip ishlab chiqariladi. Ulardan birinchisining sinovlari yaqin kelajakda boshlanadi va yil oxiriga qadar parvozlarga o‘tish rejalashtirilgan. Loyal Wingman droni asosida Boeing Airpower Teaming System (ATS) dasturi global mudofaa bozori uchun ishlab chiqiladi.

Avstraliya hukumati 2019 yil fevral oyida Amerikaning Boeing aviatsiya korporatsiyasi bilan hamkorlikda prinsipial yangi dronlar turini yaratish dasturi boshlanganini e’lon qildi. Loyal Wingman dasturiga jami 40 million dollar sarflanishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Avstraliya

Baholaganlar

139

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing