Avstraliya o‘rmonlarini xatarli yong‘in qamrab oldi

Olam

image

Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatidagi o‘rmonlarda katta yong‘in alanga olgan. Bu hola sentyabr oyidan beri davom etyapti. Ayni vaqtga kelib, o‘rmon yong‘inlari kuchaygan. Bu haqda “National Geographic” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Sidneyda 2009 yildan beri ilk bor yong‘in xavfining halokatli darajasi e’lon qilingan. Hukumat favqulodda holat joriy qildi. 2 mln odam evakuatsiyaga tayyorlanyapti.

Hozirgacha 1 mln gektardan ortiq o‘rmon maydoni yonib ketgan. Alanga 200 ta uyni qamrab olgan. OAV ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in natijasid 4 kishi va 350 ta koala halok bo‘lgan.

“Tez tarqalayotgan yong‘in natijasida o‘rmonda yashovchi jonivorlar yashirinishga ulgurmay zarar ko‘rgan. Jumladan, koalaning zaif turi hisoblangan avstraliya endemikalari ham”, deyiladi National Geographic axborotida.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Avstraliya

Baholaganlar

36

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing