Avstraliya Ukrainaga yana 30 ta Bushmaster harbiy mashinasini beradi

Olam

image

Avstraliya Ukrainaga Rossiyaga qarshi kurashda mamlakatni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha harbiy yordam va’da qildi. Bu haqda bugun, 12 iyul kuni Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaniz Litvada bo‘lib o‘tayotgan NATO sammiti doirasida Prezident Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Avstraliya  Rossiyaga qarshi kurashda mamlakatni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha harbiy yordam paketini yuboradi. Bu orqali Bushmaster kompaniyasining Ukrainaga yuborgan harbiy mashinalari soni 120 taga yetadi.

“Biz o‘z uyi va o‘z millatining suvereniteti uchun kurashayotgan jasur erkaklar va ayollarga yordam berish uchun qo‘shimcha Bushmaster vositalarini taqdim etishdan faxrlanamiz. Rossiya bu bosqinni noqonuniy va axloqsiz ravishda boshladi, u qo‘shinlarini olib chiqib, mojaroni darhol tugatishi kerak”, deydi Entoni Albaniz.

Shuningdek, Zelenskiy uchrashuvdan so‘ng Telegram-kanali orqali o‘z minnatdorligini bildirdi.

“Kuchli yangi mudofaa to‘plami, shu jumladan 30 ta Bushmaster zirxli texnikalari uchun rahmat! ”, deb yozgan Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Norvegiya Mudofaa vazirligi Kiyevga mingta Black Hornet uchuvchisiz uchish qurilmasini tekinga berishini e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Avstraliya Ukrainaga

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing