Avstraliya Rossiyadan oltin importini taqiqlaydi – Bosh vazir

Olam

image

Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaniz rus oltinini Avstraliyaga olib kirishni taqiqlash va yana 16 nafar Rossiya fuqarosiga nisbatan sanksiyalar joriy etishini aytdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. 

Albanizga ko‘ra, vazirlar va biznesmenlar sanksiyalar ro‘yxatidagi yangi yuzlar orasida bo‘ladi. Shundan so‘ng, Avstraliyada sanksiyalar ostida qolgan Rossiya fuqarolarining umumiy soni 843 nafarga yetadi, deya qayd etadi agentlik. 

Avstraliya Bosh vaziri mamlakat Ukrainaga yana 20 ta Bushmaster zirhli harbiy texnikasi va 14 ta bronetransportyorni taqdim etishini ham eslatdi. 

Kecha, 3 iyul kuni Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaniz Kiyevga keldi. Bu Avstraliya hukumati rahbarining ikki davlat munosabatlari tarixida poytaxt Kiyevga amalga oshirgan birinchi tashrifi.

Avvalroq, Avstraliya Ukrainadagi urush munosabati bilan 16 nafar rossiyalikga nisbatan shaxsiy sanksiyalar joriy qilgani haqida xabar bergan edik. Mazkur “qora ro‘yxat”ga milliarder God Nisanov, Vladimir Putinning qarindoshlari — Roman, Mixail va Igor Putin hamda Alina Kabayeva ham kiritilgan.

“Sanksiyalar orasida Prezident Putinning qarindoshlari — tadbirkor Igor Putin, "Sogaz" sug‘urta kompaniyasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari Mixail Putin, “MRT kompaniyalar guruhi” direktorlar kengashi raisi Roman Putin va “Milliy media guruhi” direktorlar kengashi raisi Alina Kabayeva ham kiritilgan”.


Maqola muallifi

Teglar

Avstraliya Ukrainaga bosqin Rossimya-Ukraina urushi

Baholaganlar

19

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing