Avstraliya Rossiyaga qarshi yana sanksiya kiritdi 

Olam

image

Avstraliya hukumati bolalar huquqlari bo‘yicha komissar Mariya Lvova-Belova va Rossiya hukumatining uch vaziri, shuningdek, yana 12 nafar mamlakat fuqarolariga qarshi sanksiyalar qo‘llanilishini e’lon qildi. Bu haqda Avstraliya Ichki ishlar vazirligining bayonotida xabar berilgan.

Qayd etilishicha, Avstraliya hukumatining avtonom sanksiyalari Rossiya Federatsiyasi qishloq xo‘jaligi vaziri Dmitriy Patrushev, Transport vaziri Vitaliy Savelev, shuningdek Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi rahbari Irek Fayzullinga nisbatan joriy etilmoqda.

Bundan tashqari, Nodavlat pensiya jamg‘armasi "Gazfond" prezidenti Yuriy Shamalov, tadbirkor Aleksandr Plexov, "Sogaz" direktorlar kengashi a’zosi Mixail Klishin, "Rosgeologiya" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Sergey Gorkov, Rossiya tijorat ko‘chmas mulk bozoridagi kompaniya - “Kiyevskaya pload" kompaniyasi asoschisi God Nisanov, AFK "Sistema" xoldingining sobiq prezidenti Yevgeniy Novitskiy, YeSN kompaniyalar guruhi egasi Grigoriy Berezkin va “Merkuriy” kompaniyalar guruhi prezidenti Igor Kesayev.

Shuningdek, ro‘yxatga tadbirkor Igor Putin, "Sogaz" sug‘urta kompaniyasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari Mixail Putin, “MRT kompaniyalar guruhi” direktorlar kengashi raisi Roman Putin va “Milliy media guruhi” direktorlar kengashi raisi Alina Kabayeva ham kiritilgan. 

Shu kungacha Ukraina atrofidagi voqealar tufayli Avstraliya 828 nafar Rossiya va Belarus fuqarolariga, jumladan, ikki davlat Prezidentlari Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenkoga, shuningdek Rossiyaning 47 ta yirik korxona va tashkilotiga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan. Bundan tashqari, qurol va butlovchi qismlar, xom ashyo va neft va gaz qazib olish uchun uskunalar eksporti, Rossiyadan energiya, qurol va o‘q-dorilarni olib kirish taqiqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

sanktsiya

Baholaganlar

56

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing