Avstraliya rasmiylari Jokovichdan izoh talab qilmoqda. Nega?

Sport

image

Avstraliyaning Viktoriya shtati hukumati tennis bo‘yicha dunyoning birinchi raqamli raketka ustasi hisoblangan Novak Jokovichdan “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Avstraliya ochiq chempionatiga emlanganlik hujjatisiz tashrif buyurgani uchun izoh talab qilmoqda. Bu haqda “The Age” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Jokovich tibbiy sabablarga ko‘ra emlash mumkin emasligi haqidagi aniq dalillarni taqdim etishi kerak. Chunki so‘nggi olti oy mobaynida koronavirusga chalingan fuqarolar mamlakatga kiritilmaydi. Novak aynan shuning uchun emlanmagan bo‘lishi mumkin. U bilan muntazam aloqada bo‘lgan Avstraliya tennis federatsiyasi rahbari Kreyg Tili t esayennischi buning sabababini aytmaganini hukumat rasmiylariga ma’lum qilgan.

Bosh Vazir Skott Morrisonning fikricha, Jokovich ortga qaytarib yuborilishi ham mumkin. Avstraliyalik jurnalistlar esa Novak Jokovichga 2022 yilgi musobaqaga emlash bo‘yicha tibbiy istisno bilan tashrif buyurgani uchun norozilik bildirishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Novak Jokovich “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi musobaqalarning 20 karra g‘olibi hisoblanadi. U 2021 yilgi “Australian open” musobaqasi finalida rossiyalik Daniil Medvedevni mag‘lubiyatga uchratib, bosh sovringa ega chiqqan.


 


Maqola muallifi

Teglar

Jokovich Australian open Skott Morrison

Baholaganlar

27

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing