Avstraliya Putin va Lavrovning qizlarini “qora ro‘yxat”ga kiritdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Avstraliya 144 nafar rossiyalik senator, shuningdek, Mariya Voronsova, Katerina Tixonova va Yekaterina Vinokurovaga nisbatan cheklovlar kiritdi. Bu haqda bugun, 22 aprel kuni e’lon qilingan yangilangan sanksiyalar ro‘yxatida aytiladi.

Ro‘yxatga kiritilgan sanasi 21 aprel bo‘lgan shaxslar orasida Voronsova va Tixonova “Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning qizlari”, Vinokurova esa “Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning qizi” sifatida qayd etilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Avstraliya Ukrainadagi voqealar munosabati bilan 
deyarli 750 kishini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan. 

Avvalroq, Kanada Putinning voyaga yetgan ikki qizi va Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ayoliga sanksiyalar joriy qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH, Yevropa Ittifoqi, Kanada va boshqa davlatlar fevral oyi oxirida Ukrainadagi urush fonida Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy qila boshladi. Moliyaviy va harbiy-sanoat sohalaridagi o‘nlab Rossiya kompaniyalari va oligarxlar cheklovlar ostida qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

Avstraliya Putin

Baholaganlar

39

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing