Avstraliyaliklarning dorisi koronavirusga qarshi samaralimi? Otabekov javob berdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Avstraliyada 48 soat ichida inson organizmida koronavirus infeksiyasini bloklab qo‘yuvchi preparat ixtiro qilingani haqida xabar bergan edik.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov avstraliyaliklar ixtiro qilgan “Ivermektin” preparati virus koloniyasini kamaytirish xususiyati bor-yo‘qligi haqidagi savolga javob berdi.

“Ivermektin — parazitlarga qarshi dori vositasi, JSSTning asosiy dori vositalari ro‘yxatiga kiritilgan. Uning COVID-19 ga qarshi tajribalarda FAOL ekani to‘g‘risida ma’lumotlar bor. “Ivermektin”ni COVID-19 ga qarshi kurashda odamlarda qo‘llash ularning klinikagacha va klinik tekshiruvlariga bog‘liq.

Uyda mustaqil davolanish — salomatligingizga zararligini yana bir bor ta’kidlamokchimiz. Faqatgina shifokor tavsiyasiga ko‘ra dori vositalarini qabul qilishingizni so‘raymiz”, dedi Nurmat Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 582 nafarga yetdi. Bugungacha ularning 38 nafari davolandi va 3 nafari vafot этди.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

690

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing