Aviaqatnovlar orqali O‘zbekistonga kirib kelish tartibi e’lon qilindi

Jamiyat

image
Yer yuziga ochilgan urush: koronavirusga chalinganlar 30 milliondan oshdi north_east

Yer yuziga ochilgan urush: koronavirusga chalinganlar 30 milliondan oshdi

Gruz-200: Xorijda vafot etgan 840 o‘zbekistonlikning jasadi Vatanga qaytarildi north_east

Gruz-200: Xorijda vafot etgan 840 o‘zbekistonlikning jasadi Vatanga qaytarildi

Ma’lumki, O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan aiaqatnovlarni tiklamoqda. Xo‘sh, O‘zbekistonga boshqa mamlakatlardan kelayotganlarning mamlakat kirishi bo‘yicha qanday tartib belgilangan. “Uzbekistan Airports” AJ Matbuot xizmati shu haqida ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq quyidagi tartib belgilangan. 

“Qizil” va “Sariq” hududlardan O‘zbekiston Respublikasiga kelishni rejalashtirayotgan yo‘lovchilar aeroportda ro‘yxatdan o‘tayotganda, aviakompaniya vakiliga COVID-19 koronovirus infeksiyasi aniqlanmaganligi haqidagi PZR testini rus yoki ingliz tilidagi natijasini taqdim etishlari talab etiladi. 

COVID-19 koronovirus infeksiyasi uchun topshirilgan natijasi manfiy deb topilgan PZR tahlil hujjati parvozdan oldin 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda bo‘lishi lozim.

Natijasi manfiy deb topilgan PZR test natijasi bo‘lmagan yo‘lovchi parvozga qo‘yilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelishda yo‘lovchilarning aeroport terminali kirish qismida o‘rnatilgan tana haroratni o‘lchovchi maxsus uskunalar orqali o‘tishlari talab etiladi.

O‘zbekiston Respublikasiga “Qizil” hudud mamlakatlaridan kirib kelgan yo‘lovchilar aeroportning uchib kelish terminalida joylashgan pasport nazorati xodimlariga COVID-19 koronavirus infeksiyasi uchun topshirilgan PZR tahlil natijasi manfiy deb topilgan hujjatni va 14 kunlik majburiy uy karantiniga joylashish yuzasidan to‘ldirilgan majburiyatnomani taqdim etishlari shart.

Majburiyatnoma: 

•    O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun – doimiy yashash manzili bo‘yicha;

•    Chet el fuqarolari uchun – vaqtincha yashash manzili bo‘yicha to‘ldiriladi.

“Sariq” hudud mamlakatlaridan O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan yo‘lovchilar aeroportning uchib kelish terminalida xizmat vazifasini o‘tayotgan pasport nazorati xodimlariga COVID-19 koronavirus infeksiyasi uchun topshirilgan PZR test natijasi manfiy deb topilgan hujjatni topshirishlari talab etiladi.

COVID-19 koronavirus infeksiyasi uchun topshirilgan PZR test natijasi manfiy deb topilgan hujjat yo‘lovchilarda bo‘lmasa, ular aeroport terminalining kirish qismida joylashgan namunalar oluvchi joyda o‘z hisoblaridan PZR test topshiradilar va 14 kunlik majburiy uy karantiniga joylashish yuzasidan majburiyatnomani to‘ldiradilar. So‘ng, to‘ldirilgan majburiyatnoma pasport nazorati xodimlariga topshiriladi.

“Yashil” hudud mamlakatlaridan O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan yo‘lovchilarga nisbatan karantin tartiblari qo‘llanilmaydi (kasallik alomatlari kuzatilgan yo‘lovchilar bundan mustasno).

“Sariq” va “Yashil” hudud mamlakatlaridan “Qizil” hudud mamlakatlari orqali kelgan tranzit yo‘lovchilarga O‘zbekiston Respublikasiga kirishga ruxsat beriladi. Mamlakatga kirib kelganda yo‘lovchida COVID-19 koronavirus infeksiyasi uchun topshirilgan PZR test natijasi manfiy deb  topilgan hujjat bo‘lmasa, aeroport hududida yo‘lovchi o‘z hisobidan PZR tahlil tekshiruvidan o‘tkaziladi va 14 kunlik o‘zini izolyatsiya qilish yuzasidan majburiyatnomani ham to‘ldiradi.

“Qizil” xudud mamlakatlaridan “Sariq” va “Yashil” hudud mamlakatlari orqali kelgan tranzit yo‘lovchiga O‘zbekiston Respublikasiga kirishga ruxsat beriladi. Mamlakatga kirib kelganda yo‘lovchida COVID-19 koronavirus infeksiyasi uchun topshirilgan PZR test natijasi manfiy deb topilgan hujjat bo‘lmasa, aeroportning o‘zida yo‘lovchining hisobidan PZR tekshiruvidan o‘tkaziladi va 14 kunlik o‘zini izolyatsiya qilish yuzasidan majburiyatnomani to‘ldiradi. Majburiyatnoma blanki ingliz tilida/rus va uzbek tillarida.

“O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgandan so‘ng, aeroportning uchib kelish terminalida yo‘lovchida isitma yoki COVID-19 ning boshqa alomatlari kuzatilsa, yo‘lovchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Shuningdek PZR test natijasi musbat bo‘lsa, yo‘lovchi davolanish uchun kasalxonaga joylashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 sentyabridan e’tiboran "Uzbekistan Airways" AJ Qozog‘iston, Qirg‘iziston, BAA, Turkiya va Germaniya bilan muntazam xalqaro aviaqatnovlarni qayta tikladi. Shu sababli COVID-19 tarqalishining oldini olish maqsadida Uzbekistan Airways servis xizmatlariga ayrim o‘zgartirishlar kiritilganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Uzbekistan Airports

Baholaganlar

135

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing