Yer yuziga ochilgan urush: koronavirusga chalinganlar 30 milliondan oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 17 sentyabr holatiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab yangi koronavirus infeksiyasi COVID-19 yuqtirish holatlari soni 30 milliondan oshdi. Ayni vaqtda dunyo bo‘ylab ushbu kasallikka chalinganlar 30 million 49 256 nafarni tashkil etmoqda. 

Bugungacha bemorlarning 21 million 814 410 nafari yoki 72,5 foizi sog‘aygan, 945 320 kishi vafot etgan. 

"Worldometer" manbasiga ko‘ra, Amerika Qo‘shma Shtatlari COVID-19 pandemiyasining epimarkazi bo‘lib qolmoqda. Qo‘shma Shtatlarda allaqachon 6 million 828 301 kishida xavfli infeksiyani yuqtirish holatlari qayd etilgan. 

O‘ntalikda AQSHdan keyingi o‘rinlarda  Hindiston (5 million 118 253), Braziliya (4 million 421 686), Rossiya (1 million 079 519), Peru (744 400), Kolumbiya (736 377), Meksika (680 931), Janubiy Afrika (653 444), Ispaniya (614 360), Argentina (589 012) bormoqda. 

Ayni vaqtda O‘zbekistonning yaqin qo‘shnilarida koronavirus bilan bog‘liq vaziyat quyidagicha: 

Qozog‘iston: 

Kasallanganlar – 107 056 nafar;
Sog‘ayganlar – 101 455 nafar;
Qurbonlar – 1 671nafar.

Qirg‘iziston: 

Kasallanganlar – 45 153 nafar;
Sog‘ayganlar – 41 317 nafar;
Qurbonlar – 1 063 nafar.

Tojikiston: 

Kasallanganlar – 9 171 nafar;
Sog‘ayganlar – 7 941 nafar;
Qurbonlar – 1 157 nafar.

Afg‘oniston: 

Kasallanganlar – 38 855nafar;
Sog‘ayganlar – 32 503 nafar;
Qurbonlar – 1 436 nafar.

Turkmaniston esa hamon koronavirus bilan bog‘liq holat mamlakatda aniqlanmaganini iddao qilib kelmoqda.

O‘zbekistonda esa koronavirusga chalinganlar 49 385 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 45 474 nafari yoki 92 foizi sog‘aygan. Ushbu kasallikdan vafot etganlar esa 411 nafarga yetdi. Ayni vaqtda mamlakatdagi shifoxonalarda 3 500 nafar bemorning davolanishi davom etmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

91

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing