Aviachiptalar uchun to‘langan summalar qaytarilishining yangi qoidalari ishga tushadi

Jamiyat

image

2020 yil 1 iyuldan Uzbekistan Airways AJ aviachiptalar va xizmatlar uchun to‘langan summalar qaytarilishining yangi qoidalarini amaliyotga tatbiq etadi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unga muvofiq yo‘lovchilar tomonidan aviachiptalar va qo‘shimcha xizmatlar uchun 2020 yil 31 dekabrgacha to‘langan summani qaytarishni ta’minlash uchun 2020 yil 1 iyuldan depozit vaucherlarni rasmiylashtirish amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, depozit vaucherini rasmiylashtirish, qaytarilishi lozim bo‘lgan chipta narxi summasiga, plyus aviachiptani xarid qilgan joyi bo‘yicha shu summadan 5 foizga teng bonus taqdim etiladi. 

“Depozit vaucherlari ularni rasmiylashtirish sanasidan boshlab yil davomida yo‘lovchilar tomonidan Uzbekistan Airways AJning reyslaridagi har qanday boshqa tashuv to‘lovlari yoki qo‘shimcha xizmatlar to‘lovlari uchun foydalanilishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, vaucherni rasmiylashtirish sanasidan bir yil o‘tishi bilan depozitning foydalanilmagan summasi yo‘lovchiga dastlabki to‘lov shaklida qaytariladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Uzbekistan Airways aviachipta

Baholaganlar

162

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing