Aviahalokat qurbonlari Ozarbayjonga olib ketiladi 

Olam

image

Qozog‘istonning Aqtau shahri yaqinida halokatga uchragan samolyot qurbonlari maxsus reysda Ozarbayjonga olib ketiladi. Bu haqda Ozarbayjon Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, vazirlik yaqin kunlarda Aqtauda Ozarbayjon havo yo‘llari samolyoti qulashi oqibatida halok bo‘lgan yo‘lovchilar va ekipaj a’zolarining jasadlarini Bakuga yetkazadi. Jabrlanganlarni tashish uchun maxsus aviakompaniya reysi ham rejalashtirilgan.

“Biroq shifokorlar ularning sog‘lig‘i ularni tashishga imkon beradi, degan xulosaga kelgan taqdirdagina Bakuga yetkaziladi”, degan rasmiylar.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 25 dekabr kuni Bakudan Grozniyga uchayotgan Ozarbayjon havo yo‘llariga tegishli Embraer-190 samolyoti Aqtau yaqinida halokatga uchragandi. Samolyotda 67 kishi bo‘lgan. Ular 37 nafar Ozarbayjon, 16 nafar Rossiya, olti nafar Qozog‘iston, uch nafar Qirg‘iziston fuqarosi. Samolyot halokatida 38 kishi halok bo‘lgan, 29 kishi tirik qolgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hukumat komissiyasi tuzilgan. Tergov Qozog‘iston Bosh prokurori nazoratida.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon qurbonlar Aviahalokat Aqtau

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing