Avdeyevkani xalqimizni qutqarish uchun tark etdik – Zelenskiy
Olam
−
17 fevral
10967Ukraina qo‘shinlari Avdeyevkani qurshab qolish xavfi va odamlarni qutqarish zarurati tufayli tark etdi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy Myunxen xavfsizlik konferensiyasida so‘zlagan nutqida aytdi.
“Avdeyevkani tark etish xalqimizni qutqarish uchun mutlaqo mantiqiy, adolatli va professional qaror. Bu biz uchun eng muhim vazifadir. Shuning uchun qurshovga tushmaslik uchun boshqa chiziqlarga chekinishga qaror qilindi”, deydi Prezident.
Shuningdek, Zelenskiy Ukraina uchun muammolar qurolning sun’iy tanqisligi – artilleriya va uzoq masofali qurollar tufayli yuzaga kelganini qo‘shimcha qildi.
“Bizning harakatlarimiz faqat qurol-yarog‘ning ko‘lami va yetarliligi bilan cheklangan. Ammo bu faqatgina bizga bog‘liq emas. Avdeyevkadagi vaziyat esa buni tasdiqlaydi”, deydi Zelenskiy.
Ma’lumot uchun, Donetskdan 15 kilometr uzoqlikdagi, jangovar harakatlardan oldin 30 mingdan kam odam istiqomat qilgan Avdeyevka shahri uchun janglar bir necha oy davom etdi. Rossiya armiyasi Avdeyevkaga 2023 yil oktyabr oyida faol hujum boshlagandi. 2024 yil 15 fevralda rus qo‘shinlari Avdeyevkaning asosiy kirish qismini egallab oldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy Donetsk viloyatining Avdeyevka shahridan Ukraina qo‘shinlari olib chiqilishini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi