“Avatar 2: suv yo‘li” filmining daromadi 2 mlrd dollarga yaqinlashdi

Madaniyat-san’at

image

“Avatar 2: Suv yo‘li” ilmiy-fantastik filmi dunyo kassalarida 1,9 milliard dollardan ko‘proq daromad keltirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda “Pluggedin.ru” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, film bu natija bilan tarixdagi eng ko‘p daromad keltirgan filmlar orasida yettinchi o‘rinni egalladi.

Film rejissiyori Jeyms Kemeronning yangi ishi 2 milliard dollarlik chegarani bosib o‘tishi kutilmoqda. Hozirda ushbu film 4 mingdan ziyod kinoteatrdagi 12 000 dan ortiq ekranda namoyish etilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Avatar 2: suv yo‘li” kartinasida birinchi filmda rol ijro etgan aktyorlar jamoasi deyarli to‘liq tarkibda saqlab qolingan. Suratga olish jarayonlari 2017 yilda boshlanib, 2020 yilda yakunlangan. Ushbu film byudjeti esa 350-400 million AQSH dollariga baholangan bo‘lib, 2024 yilda “Avatar 3” filmining premerasi ham ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning dekabr oyi oxirida premerasi bo‘lib o‘tgan “Avatar: suv yo‘li” (“Avatar 2”) filmining daromadi 400 million AQSH dollaridan oshgani, biroq bu avvaldan taxmin qilingan natijalardan pastroqligi haqida xabar berilgan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

fil'm daromad Avatar 2

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing