“Australian open”ga qur’a tashlandi. “Jokovich ishi” keyinroqqa qoldirildi

Sport

image

Bugun, 13 yanvar kuni Avstraliya immigratsiya vaziri Aleks Xouk dunyoning birinchi raqamli tennischisi Novak Jokovich ishi bo‘yicha hukm chiqarilmasligini ma’lum qildi. 

Avstraliya hukumati “Australian open”ga qur’a tashlanadigan kuni Jokovichni mamlakatdan chiqarib yuborishi mumkinligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Biroq, turnirga qur’a tashlangan bo‘lsa-da, tennischi mamlakatni tark etgani yo‘q.

Manbaga ko‘ra, Xouk ishni ko‘rib chiqishda davom etmoqda. Bosh vaziri Shon Morrisondan Jokovich ishi bo‘yicha qaror haqida so‘ralganda, u vaziyatga izoh bermasligini ta’kidlagan. Davlat rahbari bu masalani Xouk hal qilishini ham qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi musobaqalarning 20 karra g‘olibi Novak Jokovich koronavirusga qarshi emlashga bo‘lgan munosabati tufayli o‘z homiylaridan keladigan 30 million dollarni yo‘qotishi mumkinligi xabar qilingan edi.


 


Maqola muallifi

Teglar

Tennis Jokovich

Baholaganlar

11

Reyting

2.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing