AUKUS: Avstraliya Fransiyaning qaroriga munosabat bildirdi
Olam
−
18 Sentabr 2021
4759Avvalroq, Fransiya AQSH va Avstraliyadan o‘z elchilarini chaqirtirib olishi haqida xabar bergandik.
Avstraliya Fransiya o‘z elchisini maslahatlashuvlar uchun chaqirib olganidan afsusda. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Matbuot kotibi Maris Peyn ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, bu Fransiyaning AQSH va Avstraliya bilan munosabatlari tarixidagi birinchi shunday holat.
“Fransiyaning Attack Class loyihasi bo‘yicha qaror qabul qilingandan so‘ng, Avstraliyadagi elchisini maslahatlashuvlar uchun chaqirib olish haqidagi qarorini afsus bilan qayd etamiz”, deyilgan Avstraliyaning “Sydney Morning Herald” nashrida.
Avstraliya Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, ular Fransiya bilan munosabatlarni qadrlaydi va mamlakatni Hind-Tinch okeani mintaqasida barqarorlikni ta’minlashda muhim sherik deb biladi.
“Biz Fransiya bilan o‘zaro manfaatli ko‘plab masalalar bo‘yicha yangi kelishuv kutmoqdamiz”, deya qo‘shimcha qilgan Peyn.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 sentyabr kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden, Avstraliya Bosh vaziri Skott Morrison va Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson xavfsizlik sohasida yangi uch tomonlama hamkorlik – AUKUS yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qilgandi.