Auksion “otmen”. Endi chiroyli avtoraqamlarni sotish xizmati yo‘lga qo‘yildi

Jamiyat

image

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining mobil ilovasida chiroyli avtoraqamlarni xarid qilish xizmati ishga tushirildi. Bu haqda ilovaning rasmiy kanalida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, ilovada avval auksionga chiqarilgan va sotilmagan 1- va 3-toifadagi davlat raqami belgilari yagona oshirilgan to‘lov asosida sotuvga qo‘yilgan.

Raqamlarning to‘lov miqdori jismoniy shaxslar uchun BHMning 17 baravari (7 mln so‘m), yuridik shaxslar uchun esa BHMning 25 baravari (10,3 mln so‘m) ni tashkil etadi.

Foydalanuvchi hudud, ma’qul avtoraqam, raqam formati (gorizontol, kvadrat), avtomobilning dvigatel turini tanlashi kerak. Undan keyin “qidiruv” tugmasini bosgach, natijalar kelib chiqadi.

Qo‘shimcha qilinishicha, endi barcha to‘lovlar onlayn amalga oshiriladi, ortiqcha qog‘ozbozlik hamda navbatlarsiz avtoraqamni qabul qilib olish mumkin.

Qayd etish joiz, ushbu tizim joriy etilgandan so‘ng, ya’ni joriy yilning 1 oktyabridan boshlab Respublika tovar-xomashyo birjasida davlat raqami belgilarining savdosi bekor qilindi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026 yil 1 yanvardan O‘zbekistonda ismni mashinaga raqam qilib qo‘ysa bo‘lishi haqida xabar berilgan edi. Bu Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 4 sentyabr kuni qabul qilingan “Avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Auktsion chiroyli avtoraqamlar Raqam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing