Prokuratura tizimi xodimlari orasida koronavirusdan ilk o‘lim qayd etildi

Jamiyat

image

Bugun, 22 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i, 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi Hakimboy Ashirovich Halimov vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Hakimboy Halimovda bir necha kun avval koronavirus infeksiyasi aniqlangan ekan.

1954 yilda tug‘ilgan Hakimboy Halimov uzoq yillar prokuratura organlarida samarali mehnat qilgan. Xususan, u Bosh prokuror o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimlarida ishlagan. Shuningdek, 2017-2019 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq qabulxonasi boshlig‘i sifatida ham faoliyat olib borgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda Hakimboy Halimov

Baholaganlar

871

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing