Qidiruvdagi O‘zbekiston fuqarolarining soni ochiqlandi

Jamiyat

image

Ayni vaqtda 1 ming 700 nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarosi xalqaro qidiruvga berilgan hamda ularning ko‘pchilik qismi terrorizm, odam savdosi kabi og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda. Bu haqda “Ichki ishlar organlarida xalqaro hamkorlikni tashkil etish faoliyati va Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi milliy markaziy Byurosi” mavzusidagi matbuot anjumanda aytib o‘tildi.

 “Xalqaro hamkorlik natijasida 2017-2019 yillarda 1 ming 402 nafar qidiruvdagi shaxs ushlangan. Ular, asosan, firibgarlik, o‘g‘rilik, bosqinchilik jinoyatlarida gumonlangan. Joriy yilning 11 oyida turli jinoyatlarni sodir etgani uchun respublika huquqni muhofoza qiluvchi organlari tomonidan qidirilayotgan 588 nafar shaxs xorijiy davlatlarda qo‘lga olingan”, degan Interpol Milliy markaziy byurosi, axborotlarga tezkor ishlov berish va muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Olimxon Ergashev.

Jurnalistlar savollariga javob qaytarar ekan, mutasaddilar aniq statistik ma’lumotlarni taqdim etdi.

“Ayni vaqtda 1 ming 700 nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarosi xalqaro qidiruvga berilgan hamda ularning ko‘pchilik qismi terrorizm, odam savdosi kabi og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda. 2 yil davomida 27 nafar xorij fuqarolari shu yerda ushlandi. Ular Janubiy Koreya, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Ukraina va Turkiya fuqarolari bo‘lib, 90 foizi firibgarlik bilan gumonlanga”, degan Olimxon Ergashev.

OAV vakillari bilan muloqot davomida qidiruvdagi shaxslar xorijiy davlatlardan qanday tartibda ushlab olib kelinishi to‘g‘risida savol berildi.

“Interpol Milliy markaziy byurosi tomonidan xalqaro qidiruvga e’lon qilingan shaxslar xorijiy davlatlarda qo‘lgan olinsa, o‘sha davlatning Interpol Milliy markaziy byurosi Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosiga xabar beradi va o‘zaro ikki davlatning kelishuviga muvofiq O‘zbekistonga deportatsiya yoki ekstraditsiya qilinadi”, deya aniqlik kiritdi Olimxon Ergashev.


Maqola muallifi

Teglar

qidiruv fuqaro

Baholaganlar

87

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing