Interpol qidiruvidagi erkak Polshadan O‘zbekistonga qaytarildi
3-sahifa
−
18 iyul 2550 1 daqiqa
Interpol tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan O‘zbekiston fuqarosi F.V. Polshadan O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, fuqaroning O‘zbekistonga qaytarilishi O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi tomonidan ko‘rilgan tashkiliy-diplomatik choralar hamda Polsha Adliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan. Qaytarish operatsiyasi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Interpol Milliy markaziy byurosi tomonidan tashkil etilgan.
Qayd etilishicha, 1988 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan F.V. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, Interpolning qizil bildirishnomasi asosida xalqaro qidiruvda bo‘lgan.
Shundan so‘ng u O‘zbekiston Interpol xodimlari hamrohligida Varshavadan Toshkentga olib kelingan.
Elchixona vakillariga ko‘ra, mazkur amaliyot xorijdagi O‘zbekiston fuqarolari manfaatlarini himoya qilish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda xalqaro qidiruvdagi shaxslarni vatanga qaytarish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlarning navbatdagi natijasi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘ta yirik miqdordagi firibgarlikda ayblanayotgan va xalqaro qidiruvda bo‘lgan bir necha shaxs Birlashgan Arab Amirliklaridan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan edi.
Live
Barchasi