Audi va Volkswagen o‘z logotipini o‘zgartirdi

Texnologiya

image

Koronavirus pandemiyasi davrida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) barcha odamlarni 1 metr masofani saqlashga chaqirmoqda. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu chora COVID-19 tarqalishi sur’atini sekinlashtiradi. Xuddi mana shu qoidaga Volkswagen va Audi kompaniyalari ham amal qildi.  

Audi 1934 yildan buyon o‘zgarmay kelayotgan xalqalarining orasini ochdi. Xalqalar yoyilganda ekranda “masofani saqlang”, degan yozuv paydo bo‘ladi. Qachonki, ular yana qayta birlashsa, “hamjihat bo‘ling”, degan so‘zlarni o‘qish mumkin.

Volkswagen ham, o‘z navbatida, logotipidagi “V” va “W” harflarini ajratdi. 

“Volkswagen’da biz an’anaviy ravishda barcha iqirozlarda birga bo‘lamiz va doim bir-birimizni qo‘llab-quvvatlaymiz. Birgalikda ushbu inqirozni yengib o‘tishga imkon beradigan yangi usul va yechimlarni topishga ishonamiz. Hozir, eng muhim, gigiyena qoidalarini yuqori intizom bilan bajarishimizdir. Xavfsizlikda qoling – masofani saqlang!”, deyiladi kompaniya tomonidan ishlangan rolikda.

Avvalroq, Yaponiyaning Nissan avtomobil kompaniyasi o‘z logotipini o‘zgartirgani haqida ma’lum qilgan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Volkswagen Audi

Baholaganlar

202

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing