ATP 250: Nadal va Monfis chempionlik uchun bellashadi

Sport

nadalmo

Bugun, jahonning oltinchi va 21- raqamli raketka ustalari hisoblangan Rafael Nadal va Gael Monfis Avstraliyada o‘tayotgan ATP 250 turnirining final bosqichiga yo‘l oldi.

Nadal final chiptasi uchun Melburn shahrida Maksim Kressi bilan, Monfis esa Adelaidada Karen Xachanov bilan “hisob-kitob” qildi.

Ispaniyalik tennischi ketma-ket 19 (2004-hozirgi kun), fransiyalik tennischi 18 (2005-hozirgi kun) yildan buyon mavsum davomida eng kamida bitta musobaqaning finaliga ishtirok etib kelmoqda. Ular faol seriyali raketka ustalari orasida peshqadamlardan hisoblanishadi. Eng yaqin ta’qibchi esa 16 (2006-2021) yildan buyon finallarda ishtirok etgan va bugungi kunda aynan Avstraliyada mojarolarga o‘ralashib qolgan Novak Jokovichdir.

Eslatib o‘tamiz, ATP 250 musobaqasining umumiy mukofot jamg‘armasi 521 ming AQSH dollarini tashkil qiladi. G‘olib sportchi 250 reyting ochkosini qo‘lga kiritadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Tennis Jokovich Nadal' ATP 250 Monfis

Baholaganlar

13

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing