“Atletiko Madrid” Simeone bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Sport

image

 “Atletiko Madrid” bosh murabbiyi Diyego Simeone bilan yangi shartnoma imzolashni ko‘rib chiqmoqda. Hozirgi shartnoma 2027 yil yozigacha amal qilsa-da, klub rahbariyati argentinalik murabbiy bilan kelajakdagi hamkorlikni davom ettirishni xohlamoqda. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Simeone bilan rasmiy muzokaralar hali boshlanmagan. Shu bilan birga, klub uning jamoani yanada rivojlantirish loyihasida eng maqbul tanlov bo‘lib qolishiga ishonadi. Ushbu pozitsiyani “Atletiko” prezidenti Enrike Serezo, bosh direktor Migel Anxel Xil Marin va sport direktori Mateu Alemani ham qo‘llab-quvvatlamoqda.

Ma’lumot uchun, Diyego Simeone 2011 yil dekabrdan beri Madrid klubini boshqarib kelmoqda va shu vaqt ichida jamoani ikki marta La Liga chempionligiga olib chiqqan. Hozirgi mavsumda “Atletiko Madrid” 18 o‘yindan so‘ng 37 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Diego Simeone Madrid “Atletiko Madrid”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing