“Barselona” Madridda “Atletiko”ni mağlub etdi
Sport
−
11:16 328 1 daqiqa
Keça, 8 noyabr kuni Ispaniya La Ligasining 12-turidan örin olgan markaziy uçraşuv bölib ötdi. Unda “Barselona” safarda “Atletiko Madrid”ni 2:1 hisobida mağlub etdi.
Uçraşuvning 10-daqiqasida Juliano Simeonening goli “Atletiko Madrid”ni hisobda oldinga olib çiqdi. Birinçi bölim yakuniga qadar “matrasçilar” yana bir neçta qulay imkoniyatlarga ega böldi, biroq ulardan foydalana olmadi. Bölim söngida, 45-daqiqada Fermin Lopes hisobni tenglaştirdi.
Ikkinçi bölimda esa “Barselona” taşabbusni öz qöliga oldi. 66-daqiqada Fermin jamoasining ikkinçi golini kiritib, kataloniyaliklarga ğalaba keltirdi.
Şu tariqa, “Barselona” oçkolarini 33 taga yetkazgan holda turnir jadvalida yetakçilik qilmoqda. “Atletiko Madrid” esa çempionatdagi 7 öyindan iborat ğalabali seriyasiga yakun yasadi. Jamoa 28 oçko bilan 3-örinda qolmoqda.
Kataloniyaliklarning joriy mavsumdagi yagona mağlubiyatiga sababçi bölgan “Real Madrid” 30 oçko bilan ikkinçi örinda bormoqda.
Keyingi turda “Barselona” “Vilyarreal”ni qabul qiladi, “Atletiko” esa safarda “Xetafe” bilan öynaydi. Har ikki uçraşuv joriy yilning 22 noyabr kuni bölib ötadi.
Live
Barchasi