“Atletiko” futbolchilar transferi uchun qancha sarflagani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Avvalroq, “Atletiko Madrid” bosh murabbiyi Diyego Simeone futbol tarixida transferlar uchun 1 milliard yevrodan ko‘proq pul sarflagan 6-murabbiyga aylangani haqida xabar bergan edik.

Jamoa rahbariyati esa oxirgi 10 mavsumda yangi futbolchilar sotib olish uchun jami 996 million yevro sarmoya kiritdi.  Bu haqda “Get Spanish Football News” nashri xabar bermoqda.
 
Aynan shu davr mobaynida klub futbolchilarni sotishdan 932,25 million yevro daromad olgan. Ammo bu raqamlar rasmiy emas, chunki “matraschilar” boshqa klublar bilan moliyaviy kelishuvlarni oshkor qilmaydi.

Ma’lumot uchun, 2020-2021 yilgi mavsumda “Atletiko” 86 ochko bilan La Liga chempionligini qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Atletiko Diego Simeone Madrid

Baholaganlar

16

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing