“Atletik”ga qarshi bir taym o‘ynagan Shomurodovga necha ball berildi?
Sport
−
14 mart 2025 4672 1 daqiqa
Yevropa ligasi 1/8 finali javob o‘yini doirasida “Atletik”-“Roma” o‘rtasidagi bahsda rimliklar safida ikkinchi taym boshida maydonga tushgan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov 6 ballga loyiq ko‘rildi.
Kecha, 13 mart kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda eng past ballni rimliklar tarkibida 11-daqiqadayoq qizil kartochka olgan Mats Xummels oldi va u 3 ballga loyiq ko‘rildi. “Roma”dagi eng yuqori bahoni yarim himoyachi Paredes oldi va unga 7.7 ball berildi. Bahsdagi eng yuqori ballni “Atletik” vingeri, dubl muallifi Niko Uilyams oldi va u 9.2 ballga loyiq ko‘rildi.

Ma’lumot o‘rnida, chorak final dastlabki o‘yinlari 10 aprel va javob o‘yinlari 17 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Bilbaoliklar ushbu bosqichda “Reynjers”ga qarshi maydonga tushadi.
Live
Barchasi“Qo‘qon patiri” patentlandi
15 iyul