Atamboyev yana sudga borishdan bosh tortdi

Olam

image

Bishkek shahrining Pervomayskiy tuman sudida sobiq prezident Almazbek Atamboyevga qarshi sud jarayoni davom etmoqda. 

Asosiy ayblanuvchi yana sudga olib kelinmagan. 

Bundan tashqari, sudlanuvchi Kanatbek Osmonaliyev ham sud majlisiga kelmagan.  

Qayd etilishicha, Almazbek Atamboyev sudga kasalligi sababli kelmagan. 

Sudya Aziret Mederov Sog‘liqni saqlash vazirligining Almazbek Atamboyevning sog‘lig‘i holati to‘g‘risidagi bayonotini o‘qib eshittirdi. Hujjatda aytilishicha, 9 fevral kuni tibbiy komissiya 47-koloniyaga jo‘nab ketgan. Ammo bemor (Almazbek Atamboyev) keyingi tibbiy ko‘rikdan bosh tortgan va bu haqda dalolatnoma tuzilgan. 

Sobiq prezident sudga majlisni uning ishtirokisiz o‘tkazilishini so‘rab xat yuborgan.  

Atamboyev nimada ayblangandi?

2006 yilda “qonundagi o‘g‘ri” Aziz Batukayev Bishkek atrofidagi koloniyalardan birida tartibsizliklar keltirib chiqargani uchun 16 yil 8 oyga ozodlikdan mahrum qilingan. To‘polon paytida deputat Tinishbek Akmatbayev, jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘i Ikmatulla Polotov va parlamentning ikki a’zosi o‘ldirilgandi.

2013 yilda Batukayev qamoqdan tibbiy komissiya xulosasiga ko‘ra ozod qilingan. Xulosaga ko‘ra, Batukayevga qon saratonining so‘nggi bosqichi tashxisi qo‘yilgan. U qamoqdan chiqish bilan darhol tarixiy Vatani Chechenistonga uchib ketgan. Tez orada tibbiy hujjatlar soxta ekanligi aniq bo‘lgan, ammo Qirg‘iziston hukumati Batukayevni ortga qaytara olmagan.

Batukayevning ozod qilinishi bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi yakunida Atamboyev 11 yillik qamoq jazosini olgandi. Avgust oyida Bishkek shahar sudining hay’ati ushbu hukmni tasdiqladi.

Qayd etilishicha, bu ishda sobiq Prezidentdan tashqari yana uch kishi – shifokor Abduhalim Raimjonov, sobiq bosh prokuror Indira Joldubayeva va Jazoni ijro etish davlat xizmati boshlig‘ining sobiq maslahatchisi Kalibek Kachkinaliyev ishtirok etgan.

Sobiq maslahatchi hibsda saqlangani uchun ikki yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini olgan. Joldubayeva 5 million som (66,7 ming dollar) jarimaga tortilgan. Shifokor esa jinoyatning muddati o‘tganligi tufayli jazodan qutulib qolgan.

Qirg‘izistonda joriy yilning 4 oktyabr kuni o‘tkazilgan parlament saylovidan keyin boshlangan norozilik namoyishlari vaqtida odamlar Atamboyevni qamoqdan ozod qildi. Ammo u keyinroq Bishkekda namoyish uyushtirishda aylanib, yana hibsga olindi.


Maqola muallifi

Teglar

Almazbek Atamboev

Baholaganlar

113

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing