Atamboyev sud-psixiatriya ekspertizasidan bosh tortdi
Olam
−
10 dekabr 2019
5348Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev sud-psixiatriya ekspertizadan o‘tishdan bosh tortdi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.
“U bosh tortdi. Uning bunday imkoniyati bor”, degan sobiq davlat rahbarining advokati Zamir Jooshev.
Eslatib o‘tamiz, Sobiq Prezident Almazbek Atamboyev shu yilning 8 avgust kuni huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan Qoy-Tosh qishlog‘idagi qarorgohida hibsga olingandi.
Avvaliga u 26 avgustigacha hibslangani aytildi. Keyinchalik uning hibs muddati 26 oktyabrgacha uzaytirildi. 24 oktyabr kuni Bishkekning Pervomayskiy tuman sudi Atamboyevni ushlab turish muddatini yana ikki oyga uzaytirdi.
Almazbek Atamboyev o‘ta og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda. Huquq-tartibot idoralariga qarshi zo‘ravonlik, qotillik, garovga olish, tartibsizliklar, korrupsiya va boshqalar shular jumlasidandir.
LiveBarchasi